O‘lganlar uchun qanday umid bor?
O‘lim hech kimni chetlab o‘tmaydi. Ammo hammasi o‘lim bilan tugaydimi? O‘lgan insonlar butunlay unutiladimi? Ular uchun qandaydir umid bormi?
MUQADDAS KITOBDA NIMA DEYILGANIGA E’TIBOR QARATING:
O‘LGAN ODAMLAR UNUTILGANI YO‘Q
«Mozorlarda [xotira mozorlarida] bo‘lgan hamma... chiqadi». (Yuhanno 5:28, 29, izoh)
Xudo o‘lgan insonlarni unutgani yo‘q. U xotirasida bo‘lgan barcha odamlarni hayotga qaytaradi.
YER YUZIDA TIRILISH BO‘LADI
«Adolatli va adolatsiz odamlarning tirilishiga ishonaman». (Havoriylar 24:15)
Milliardlab insonlar tiriladi va tinchlik-xotirjamlikda abadiy yashash umidiga ega bo‘ladi.
TIRILISH UMIDI ALBATTA AMALGA OSHADI
«[Xudo] yulduzlarni sanab chiqadi, ularni nomma-nom chaqiradi». (Zabur 147:4)
Modomiki Xudo yulduzlarni nomma-nom chaqirishga qodir ekan, U uchun xotirasida bo‘lgan insonlarni tiriltirish juda oson.